🍄Qoʻziqorinlar haqida qiziqarli maʼlumotlar.

🍄Qoʻziqorinlar haqida qiziqarli maʼlumotlar.

🍄Tarkibidagi RR vitamini qon hosil bo‘lish jarayonida muhim rol o‘ynab, tomirlar devorini mustahkamlaydi. Bu vitamin qo‘ziqorinda mol jigaridan ham ko‘proq.

🍄Qo‘ziqorin, ayniqsa, jigar uchun eng zarur mahsulot sanaladi. Organizm mineral moddalar hamda B va C vitaminiga ehtiyoj sezganda iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

🍄Qo‘ziqorin asab tizimi uchun ham foydali bo‘lib, ortiqcha hayajon va ziqlikdan xalos qiladi. Iste’molga yaroqli zamburug‘larni me’yorida iste’mol qilish aqliy qobiliyatni kuchaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

🍄Oq qo‘ziqorin teri, soch va tirnoqlar salomatligini yaxshilashga ko‘maklashadi. Shuningdek, qalqonsimon bez faoliyati buzilishining oldini oladi.

🍄Shampinyon deb ataluvchi qo‘ziqorinlar shifokorlarning ta’kidlashicha, bosh og‘rig‘ini davolashda samara beradi.

🍄Oyster nomli qo‘ziqorinlar immunitetni ko‘tarib, inson organizmini har xil kasalliklardan himoya qiladi. Bu xususiyat ular tarkibidagi RR vitamini bilan bog‘liq.

🍄Shiitake qo‘ziqorinlari inson salomatligi uchun juda foydali hisoblanadi. Yaponiyada ulardan saraton va boshqa o‘sma kasalliklarining oldini olish hamda davolash uchun qo‘llaniladi.

🍄Xitoy tabobatida qo‘ziqorin qadimdan saraton va diabet xastaliklari bilan kurashishda, qon aylanishini faollashtirish, ichaklarni tozalash maqsadlarida ishlatilgan.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum