🔶Leyshmanioz kasalligi

🔶Leyshmanioz kasalligi

🔶Leyshmaniozlar – odam va hayvonlar orasida uchraydigan bir guruh protozoy transmissiv kasallik bo‘lib, asosan ichki a’zolarni (visseral leyshmaniozda) yoki teri va shilliq pardani (teri leyshmaniozida) zararlanishi bilan ta’riflanadi.

🔶Kasallik odamga Phelebotomus turiga mansub leyshmanioz bilan zararlangan moskitning chaqishi oqibatida yuqadi. O‘z navbatida moskit infeksiyani kasallangan odamni, it, yovvoyi hayvonlarni (chiyabori, tulki), har xil kemiruvchilarni (katta qum sichqoni, qizil dumli qum sichqoni, yapaloq tishli kalamush va ingichka panjali yumroqqoziq va bosh.)ni chaqishi natijasida zararlanadi.

🔶Zararlanish mavsumi – yoz, kasallanish mavsumi esa – shu yilning kuzi yoki kelasi yilning bahoriga tugri keladi.

🔶Kasallik tashuvchilari – ochiq-sariq va ochiq kulrangli yoki jigar rangdagi, ikki qanotli hashorat, qon so‘ruvchi mayda moskitlar bo‘ladi.Moskitlar qisqa  masofaga uchish hususiyatiga ega.Uchishi ovozsiz va keskin.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum