Gripp

✅Gripp – keng tarqalgan, xavfli va og’ir yuqumli kasallik bo’lib, havo tomchilari orqali yuqadi. Bunga gripp virusi sabab bo’ladi. Gripp bilan ommaviy kasallanishlar davriy ravishda sodir bo’lib, epidemiyaga aylanadi.

🔶Kelib chiqish sabablari:

✅Kasallik burun, tomoq va o’pkaning shikastlanishi bilan tavsiflanadi.Gripp ko’pincha qish faslida tarqaladi.

🔶Grippning asosiy sabablari:

✅Kasallikning virusli qo’zg’atuvchilari mavjud bo’lgan havo orqali yuqishi;
✅Bemor bilan aloqada bo’lgan narsalar orqali yuqish.

🔶Diagnostika

🔶Grippga tashxis qo’yish uchun umumiy amaliyot shifokori bemorni quyidagi tekshiruvlarga jo’natishi mumkin:

✅Tomoq va burun bo’shlig`idan surtma;
✅Burun shilliq qavati epiteliysidan olingan surtma.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum