📝Gepatit E kasalligi va uning kelib chiqish sabablari.
📝Gepatit E jigarning fekal-oral yo‘l bilan yuqadigan va epidemik qo‘zg‘alishlarga moyil bo‘lgan virusli kasalligi. U, odatda, yengil shaklda o‘tadi. Dunyoda har yili 20 millionga yaqin odam gepatit E bilan kasallanadi.
📝Gepatit E kasalligining kelib chiqish sabablari
📝Kasallik fekal-oral yo‘l bilan gepatit E virusi yuqishi natijasida yuzaga keladi. Sabablarga quyidagilar kiradi:
✔️Ifloslangan mahsulotlar va xom suvni iste’mol qilish;
✔️Infeksiyalangan odamlar bilan umumiy idish-tovoq, hammom anjomlari yoki ich kiyimlardan foydalanish;
✔️Zararlangan qonni quyish;
✔️Onadan bolaga ona qornida yuqish.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum