Quturish kasalligi va uning yuqish yoʻllari qanday?
📌Quturish — bu markaziy asab tizimini zararlaydigan o’ta xavfli virusli kasallik. Agar vaqtida davolanmasa, o’limga olib kelishi mumkin. Quturish kasalligi ko’pincha hayvonlar, xususan itlar, mushuklar, bo’rilar va boshqa sutemizuvchilar orqali yuqadi.
Quturish kasalligi qanday yuqadi?
📌Quturish virusi asosan kasallangan hayvonning so’lagi orqali yuqadi. Odatda, bu virus hayvonning tishlashi yoki tirnashi natijasida odamga o’tadi. Kam hollarda, virus shilliq qavatlar (ko’z, og’iz, burun) orqali ham yuqishi mumkin.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum