📌Dovcha-bahorning nordon ne’mati!

📌Dovcha-bahorning nordon ne’mati!

✅Dovcha — bu bahor faslida sevib iste’mol qilinadigan nordon meva. U o’rik mevasining hali yetilmagan, xom holati bo’lib, o’ziga xos ta’mi va foydali xususiyatlari bilan ajralib turadi.

📌Dovchaning tarkibi:

✅Dovcha vitaminlar, minerallar va organik kislotalarga boy:

✔️Vitamin C;
✔️Organik kislotalar;
✔️Pektin moddalari;
✔️Temir;
✔️Kaliy

📌Dovchaning foydali xususiyatlari:
1. Immunitetni mustahkamlaydi: ✅Tarkibidagi C vitamini tufayli organizmning kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi.
2. Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi:
✅Organik kislotalar ovqat hazm qilish jarayonini tezlashtiradi, ishtahani ochadi va qorin dam bo’lishining oldini oladi.
3.Toksinlarni chiqarib tashlaydi: ✅Pektin moddalari organizmni zararli moddalardan tozalaydi va ichaklarning faoliyatini yaxshilaydi.
4. Kamqonlikning oldini oladi: ✅Temir moddasining mavjudligi qon yaratilishini rag’batlantiradi va kamqonlik xavfini kamaytiradi.
5. Yurak salomatligini qo’llab-quvvatlaydi:
✅Kaliy moddasi yurak ritmini normallashtiradi va qon bosimini muvozanatda saqlaydi.
6. Terini yaxshilaydi:
✅Antioksidantlar terining yosh ko’rinishini saqlashga yordam beradi va ajinlar paydo bo’lishining oldini oladi.
7. Organizmni tetiklashtiradi:
✅Dovchaning nordon ta’mi tetiklashtiruvchi ta’sirga ega va bahorgi holsizlikni yengishga yordam beradi.

📌Dovcha haqidagi maʼlumotlar keyingi postlarimizda berib boriladi.
Kanalimizni kuzatishda davom eting👇🏻…

https://t.me/sanepidqom_qarshitum