KTMP zalida Emlash bo’yicha seminar tashkil qilindi

3.04.2025-yil kunida
Qarshi tumani KTMP zalida Sanepidqoʻmita Qarshi tumani boʻlimi Epidemiologiya va immunoprofilaktika boʻlimi mudiri N.Ibragimova tomonidan «Yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlash,xavfsiz emlash amaliyoti,emlashga  qarshi tibbiy cheklovlar va amaldagi emlash boʻyicha direktiv hujjatlar» boʻyicha barcha emlash bilan shugʻullanadigan xodimlar UASH,bosh hamshiralar va emlash hamshiralari va maktab hamshiralari uchun seminar tashkil qilindi.

Seminar davomida:
📌Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash kalendari boʻyicha profilaktik emlash;
📌Emlash amaliyotini xavfsiz tashkil etish;
📌Emlashga qarshi tibbiy cheklovlar;
📌Emlash boʻyicha amaldagi qonun hujjatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar va tavsiyalar berildi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum