❗️Gipertoniya kasalligi va uning kelib chiqish sabablari.
❓Gipertoniya nima?🤔
♦️Gipertoniya — bu qon bosimining me’yoridan yuqori bo’lishi. Qon bosimi ikkita koʻrsatkich bilan o’lchanadi:
✔️Sistolik bosim yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, yurakning to‘liq qisqarishi paytida tomirlardagi maksimal bosimni o‘lchaydi.
✔️Diastolik bosim — pastki ko‘rsatkich orqali yurakning to‘liq bo‘shashishi vaqtida tomirlardagi minimal bosimni o‘lchaydi.
Qon bosimi meʼyorda 120/80 mmHg(simob ustuni)ga teng.Qon bosimining doimiy ravishda meʼyordan yuqori boʻlishi bu sizda gipertoniya borligini bildiradi.
❓Gipertoniya kasalligining sabablari?
Gipertoniya kasasalligining sababi har doim ham aniqlanmaydi,ammo quyidagi omillar xavfni oshirishi mumkin:
👴🏻👵🏻Yosh:
Yosh ulg’aygan sari gipertoniya xavfi ortadi.
👫Oilaviy moyillik:
Agar oilangizda gipertoniya bilan kasallanganlar bo’lsa, sizda ham kasallik rivojlanish xavfi yuqori bo’ladi.
❗️Ortiqcha vazn yoki semizlik:
Ortiqcha vazn yurakka qo’shimcha yuk tushiradi va qon bosimini oshiradi.
🍲Noto’g’ri ovqatlanish:
Tuzni ko’p iste’mol qilish, meva va sabzavotlarni kam yeyish gipertoniya xavfini oshiradi.
🛌🏻Kamharakatlilik:
Jismoniy faollikning yetishmasligi yurak-qon tomir tizimini zaiflashtiradi.
🚭🥂Chekish va spirtli ichimliklar:
Chekish qon tomirlarini shikastlaydi, spirtli ichimliklar esa qon bosimini oshiradi.
💆🏻♀️Stress:
Surunkali stress qon bosimining oshishiga olib kelishi mumkin.
♦️Ba’zi kasalliklar:Buyrak kasalliklari, qalqonsimon bez kasalliklari va boshqalar gipertoniyaga sabab bo’lishi mumkin.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum