📌Epidemik parotit (tepki).
📌Epidemik parotit (tepki) — bu parotit virusi (Mumps virus) qo’zg’atadigan yuqumli kasallik.
📌Epidemik parotit qanday yuqadi?
📌Tepki havo tomchilari orqali yuqadi, ya’ni kasallangan odam aksirganda, yo’talganda yoki gapirganda virus havoga tarqaladi va boshqalar uni nafas olish orqali yuqtirib olishi mumkin. Tepki bilan kasallangan odam bezlar shishishidan bir necha kun oldin va shishishdan keyin bir necha kun davomida yuqumli hisoblanadi.
📌Epidemik parotitning belgilari:
📌Tepkining belgilari odatda virus yuqqanidan keyin 16-18 kun ichida paydo bo’ladi. Belgilari quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:
• Isitma
• Bosh og’rig’i
• Mushak og’rig’i
• Holsizlik
• Ishtahasizlik
• So’lak bezlarining shishishi (odatda birinchi navbatda bir tomonlama, keyin esa ikkala tomonlama)
• Yutishda va chaynashda og’riq
https://t.me/sanepidqom_qarshitum