«Muborak Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida»
26.03.2025-yildagi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan:
Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 30-mart yakshanba kuniga toʻgʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib,mamlakatimizda 2025-yil 30-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanishi belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 208-moddasiga muvofiq: ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi Ramazon hayitining birinchi kuni 2025-yilda yakshanba — dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31-mart dushanba kuniga koʻchiriladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum