Ichak gelmintozlari va uning sabablari

❗️Ichak gelmintozlari va uning sabablari

✔️Ichak gelmintozlari — bu inson ichaklarida parazitlik qiluvchi gelmintlar(chuvalchanglar) sababli kelib chiqadigan kasalliklar guruhidir. Jahon miqyosida keng tarqalgan bo’lib, ayniqsa sanitariya-gigiyena sharoitlari yaxshi bo’lmagan hududlarda ko’p uchraydi.

❗️Ichak gelmintozlarining sabablari:

✔️Ichak gelmintozlari gelmintlar tuxumlari yoki lichinkalari orqali yuqadi. Yuqish yo’llari quyidagilar bo’lishi mumkin:

✔️Ifloslangan oziq-ovqat va suv: Najas bilan ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlari (sabzavotlar, mevalar) yoki suv iste’mol qilish orqali.
✔️Ifoslangan tuproq bilan aloqa: Tuproqda gelmintlar tuxumlari yoki lichinkalari mavjud bo’lishi mumkin, ayniqsa hojatxona yo’q joylarda yoki najasdan o’g’it sifatida foydalanilganda.
✔️Kasallangan hayvonlar bilan aloqa:
Ba’zi gelmintlar hayvonlardan odamlarga yuqishi mumkin.
✔️Hasharotlar orqali:
Ba’zi gelmintlar hasharotlar (masalan, chivinlar) orqali tarqalishi mumkin.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum