Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi bo’yicha o’quv mashg’uloti o’tkazildi

🟣 Qarshi tumanida “Aholi o‘rtasida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi tarqalishining oldini olish mavzusida  FVDqT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari» boshchiligida amaliy seminar va ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

🔹 Unda Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi mutaxassislari, epidemiolog vrach, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari mas’ul xodimlari hamda OP mudiri, hamshiralar qatnashdilar.

🟣 Mashg‘ulotning amaliy qismida esa ushbu kasalikka gumon qilingan bemorga birinchi yordam ko‘rsatish, epidemiologik va epizootologik surishtiruv ishlarini o‘tkazish, kasallik manbai va yuqish omillarini aniqlash hamda yakunlovchi dizenfeksiya ishlari olib borish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

🔹 Qarshi tuman Qovchin qishlogʻida kasallik aniqlangan xonadonda zarur epidemiyaga qarshi sanitariya-veterinariya tadbirlari tashkil etildi, aholi xonadonlarida targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum