Bezgak kasalligini davolash va oldini olish.

Bezgak kasalligini davolash va oldini olish.
📌Bezgakni davolash parazit turiga, kasallikning og’irligiga va bemorning ahvoliga bog’liq. Davolashda odatda antimalyariya dorilaridan foydalaniladi. Eng ko’p ishlatiladigan dorilar:
•  Xloroxin
•  Kvinin
•  Artemisinin asosidagi kombinatsiyalangan terapiya (ACT)
•  Atovakvon-proguanil
•  Meflokin
Davolashni shifokor nazorati ostida o’tkazish zarur.
Bezgakning oldini olish:
📌Chivin chaqishidan  himoyalanish
•  Uzun kiyimlar kiyish (uzun yengli ko’ylaklar va uzun shimlar)
•  Chivin qaytaruvchi vositalardan foydalanish
•  To’rlar bilan himoyalangan joylarda uxlash
•  Deraza va eshiklarga chivin to’rlari o’rnatish.
📌 Profilaktik dorilar.
•  Bezgak tarqalgan hududlarga sayohat qilganda shifokor bilan maslahatlashib, profilaktik dorilar qabul qilish.
📌Chivinlar ko’payishining oldini olish:
•  Suv to’planib qoladigan joylarni yo’q qilish (shinalar, chelaklar, guldonlar va boshqalar)
•  Suv havzalarida chivin lichinkalariga qarshi vositalardan foydalanish.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum