OIV infeksiyasini yuqish xavfini qanday kamaytirish mumkin?

OIV (Odam Immunitet Tanqisligi Virusi) infeksiyasi jiddiy sog’liq muammosi bo’lib, uning oldini olish har birimiz uchun muhim vazifadir. OIVga qarshi kurashishning eng yaxshi usuli — bu kasallikni yuqtirish xavfini kamaytirish bo’yicha bilimga ega bo’lish va profilaktika choralarini ko’rishdir.
❗️OIV infeksiyasini yuqish xavfini kamaytirish uchun bir nechta samarali usullar mavjud:
❗️1. Jinsiy yo’l bilan yuqishning oldini olish.
❗️2. Qon orqali yuqishning oldini olish:

• In’ektsiya uchun faqat steril igna va shpritslardan foydalanish: Giyohvand moddalarni iste’mol qiladiganlar uchun har doim yangi, steril igna va shpritslardan foydalanish OIV va boshqa qon orqali yuqadigan kasalliklar (gepatit B va C) xavfini kamaytiradi.
•  Birovning shaxsiy buyumlaridan foydalanmang: Tish cho’tkasi, ustara, manikyur asboblari kabi shaxsiy buyumlarni boshqalar bilan bo’lishmang, chunki ular qon bilan ifloslangan bo’lishi mumkin.
•  Tibbiy muolajalarda ehtiyot bo’ling: Tibbiy muolajalar (tatuirovka, piercing, manikyur va boshqalar) faqat litsenziyaga ega bo’lgan, steril asboblar va jihozlardan foydalanadigan joylarda o’tkazilishi kerak.
•  Qon quyishda xavfsizlikni ta’minlash: Qon quyish zarur bo’lganda, faqat tekshirilgan va xavfsiz qon mahsulotlaridan foydalaning.
❗️3. Homiladorlik va tug’ish paytida onadan bolaga yuqishning oldini olish:
• Homiladorlik paytida OIV testidan o’tish: Homilador ayollar OIV testidan o’tishlari kerak, chunki OIV infeksiyasi homiladorlik, tug’ish yoki emizish paytida bolaga yuqishi mumkin.
•  OIVga qarshi davolanish: OIVga chalingan homilador ayollar OIVga qarshi dorilar qabul qilishlari kerak, bu esa bolaga infeksiya yuqish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.
•Kesarcha kesish usuli: Tug’ish paytida kesarcha kesish usuli orqali tug’ish bolaga OIV yuqish xavfini kamaytiradi.
•Emizishdan voz kechish: OIVga chalingan onalar emizishdan voz kechishlari kerak, chunki OIV ona sutidan bolaga yuqishi mumkin.
❗️4.Profilaktika choralari:

• OIVga qarshi preparatlar: OIVga chalinmagan, lekin yuqori xavf ostida bo’lgan odamlar (masalan, OIVga chalingan sherigi bo’lganlar) OIVga qarshi preparatlar (PrEP) qabul qilishlari mumkin. PrEP OIV yuqish xavfini 99% gacha kamaytirishi mumkin.
• Favqulodda profilaktika (PEP): Agar siz OIVga duchor bo’lgan bo’lsangiz 72 soat ichida PEP (post-exposure prophylaxis) davolashni boshlash orqali OIV yuqish xavfini kamaytirishingiz mumkin.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum