BSJ vaksinasi qanchalik muhim?

💉Bsj (Barilla de Calmette et Guerin)-sil kasalligiga qarshi vaksinatsiya uchun qoʻllaniladigan sil mikobakteriyasining kuchsizlantirilgan shtammi (turi).
💉BSJ (BCG) vaksinasi — bu sil kasalligidan himoya qilish uchun qo’llaniladigan vaksina. Ushbu vaksina sil kasalligiga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega va ayniqsa, sil kasalligi keng tarqalgan hududlarda yashovchi bolalar uchun tavsiya etiladi.
BSJ vaksinasi qachon qilinadi?
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻiga asosan, BSJ vaksinasi yangi tugʻilgan chaqaloqlarga tugʻruqxonada hayotining 4—7 kunlari 0,1 ml hajmda 0,05 mg yuboriladi. Soʻngra 7 va 15 yoshida revaksinatsiya qilinadi.
BSJ vaksinasi qanday muhim ahamiyatga ega?
1️⃣Sil kasalligidan himoya:
✓BSJ vaksinasi, asosan, bolalarni silning og’ir shakllaridan, masalan, sil meningiti va tarqalgan sil kasalligidan himoya qiladi. Bu kasalliklar bolalarda jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.
2️⃣Sil kasalligining tarqalishini kamaytirish:
✓BSJ vaksinasi sil kasalligining tarqalishini kamaytirishga yordam beradi. Vaksina bilan emlangan bolalar sil kasalligiga chalinish ehtimoli kamroq bo’ladi, demakki, ular boshqalarga ham kasallikni yuqtirish xavfi kamayadi.
3️⃣Yuqori xavf guruhlari uchun zarur:
✓Sil kasalligi yuqori darajada tarqalgan hududlarda yashovchi bolalar, shuningdek, oilasida sil kasalligi bilan kasallanganlar bo’lgan bolalar uchun BSJ vaksinasi ayniqsa muhimdir.
BSJ vaksinasini qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlat qaysilar?

✔️BSJ vaksinasini quyidagi hollarda qo’llash mumkin emas:
✔️Og’ir immunitet tanqisligi (OIV infektsiyasi, tug’ma immunitet tanqisligi).
✔️Og’ir kasalliklar.
✔️Vaksinaning tarkibiy qismlariga allergiya.

💉Farzandlaringizni sil kasalligidan himoya qilish uchun BSJ vaksinasini o’z vaqtida qildiring!

https://t.me/sanepidqom_qarshitum