🍏🥒Meva va sabzavotlarning inson salomatligi uchun ajoyib foydalari!
✅Vitaminlar va minerallar manbai:
•Meva va sabzavotlar vitaminlar (A, C, E va K) va minerallarning (kaliy, magniy, foliy kislotasi) ajoyib manbai hisoblanadi. Ular tananing normal ishlashi uchun zarur bo’lgan ko’plab muhim funksiyalarni bajaradi.
✅Kletchatka:
•Meva va sabzavotlar tarkibidagi kletchatka qondagi qand miqdorini nazorat qilishga, xolesterinni kamaytirishga va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishga yordam beradi.
✅Antioksidantlar:
•Meva va sabzavotlar antioksidantlarga boy bo’lib, hujayralarni zarardan himoya qiladi va surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfini kamaytiradi.
✅Suv:
•Meva va sabzavotlar tarkibidagi suv organizmning hidratatsiyasini ta’minlaydi va terining sog’lom bo’lishiga yordam beradi.
✅Kam kaloriyali:
•Meva va sabzavotlar kam kaloriyali bo’lganligi sababli vaznni nazorat qilishga yordam beradi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum