✅ Ramazon oyida to’g’ri ovqatlanishda nimalarga ahamiyat berish lozim?

📌Saharlik — Kun bo’yi Kuch Manbai!
•  Murakkab uglevodlarga boy mahsulotlar iste’mol qiling (qora non, yorma, mevalar). Ular uzoq vaqt davomida energiya bilan ta’minlaydi.
•  Protein (tuxum, tvorog, yogurt) va foydali yog’lar (yong’oqlar, avakado) tanangizni to’yintiradi.
•  Suyuqlik ichishni unutmang! Suv, choy yoki kompot iching.
•  Saharlikni o’tkazib yubormang! Bu sizni tez charchatadi va bosh og’rig’iga sabab bo’ladi.

📌Iftorlik — Me’yorni Saqlang!
•  Ro’zani xurmo va suv bilan oching.
•  Sho’rva bilan boshlang. Bu hazm qilishni osonlashtiradi.
•  Qovurilgan va yog’li ovqatlardan saqlaning.
•  Go’sht, sabzavot va murakkab uglevodlar bilan muvozanatli ovqatlaning.
•  Shirinliklarni me’yorida iste’mol qiling.
•  Ovqatdan keyin meva va yong’oqlar yeyishingiz mumkin.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum