Botulizm haqida

Botulizm (lotincha: botulus — „kolbasa“) — odam va hayvonlar (ayrim sut emizuvchilar)da uchraydigan oʻtkir yuqumli kasallik; ovqatdan boʻladigan
toksikoinfeksiyalar guruhiga kiradi.
Botulizm (Clostridium botulinum) bakteriyalari bilan ifloslangan ovqatlar isteʼmol qilinganda yuzaga keladi.
Kasallik ovqatdan zaxarlanish natijasida, jumladan, sifatsiz baliq, kolbasalar, baliqli va go‘shtli, mevali va sabzavotli konservalar, qo‘ziqorinlar iste’mol qilinishi natijasida yuzaga keladi. Kasallik toʻsatdan boshlanadi. Bemorning boshi ogʻriydi tinkasi quriydi, koʻzi tinadi, lohaslanadi, koʻngli aynib qusadi, uyqusi qochadi, qorni ogʻriydi, ogʻzi quriydi, tashna boʻladi; koʻpincha qabziyat kuzatiladi.
Keyinchalik boshi aylanadi, koʻz xiralashadi, qovoqlar salqiydi, bemor ravon gapira olmaydi yutish, nafas olish faoliyati buziladi; yurak va nafas markazlari falajlanishi tufayli oʻlim sodir boʻlishi mumkin. Bemor faqat kasalxonada davolanadi.
Davosi: botulizmga qarshi maxsus zardob yuboriladi; zond orqali meʼdani yuviladi, huqna qilinadi,yurak dorilari beriladi, nafas olish izdan chiqqanda sunʼiy nafas oldiriladi va boshqalar.
Kasallikning oldini olish uchun konserva tayyorlash qonun qoidalariga qatʼiy amal qilish, uy sharoitida konserva va oziq-ovqat tayyorlashda sanitariya talablarini oʻrniga qoʻyish talab etiladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum