Leyshmanioz: Xavfli kasallikka beparvo bo’lmang!

Leyshmanioz: Xavfli kasallikka beparvo bo’lmang!

⏩Leyshmanioz — Leishmania parazitlari sabab bo’ladigan, chivinlar orqali yuqadigan tropik va subtropik kasallikdir. Bu kasallik teri, shilliq qavatlar va ichki a’zolarni zararlashi mumkin.

✅Leyshmanioz kasalligini oldini olish chora-tadbirlari

✅Kasallik manbalari hisoblanadigan leyshmanioz bilan kasallangan daydi itlarni yo‘qotish.
✅Veterinariya  xodimlari tomonidan itlarni muntazam tekshirilib turilishi;
✅Kasallik tashuvchi iskabtoparlarga qarshi kurashish maqsadida, xonadonlar ikki qayta insektitsidlar bilan may-iyul oylarida zararsizlantirish ishlarini olib borish;
✅Qurilish ishlari olib borilayotgan joylarni, ayniqsa, odamlar yashaydigan hovli atroflarini toza tutish;
✅Uy yaqinida xo‘jalik hamda maishiy chiqindilarni to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;
✅Xonadonlardan chiqqan hamma chiqindilar o‘z vaqtida maxsus joylarga tashib olib ketilishini yo‘lga qo‘yish;
✅Iskabtoparlar va hashoratlar ko‘paymasligi uchun kir o‘ralar, hojatxonalar doimo yopiq holda saqlash;
✅Xonadonlar va xo‘jaliklardagi pollarning tirqishlari ochilib qolishiga yo‘l qoʻymaslik;
✅Iskabtoparlar ko‘payishi va ularning kunduzgi yashaydigan joylarni, xo‘jalikka yaqin joydagi kemiruvchilarni yo‘qotish va ularning inlarini ko‘mib tashlash;
✅Yertoʻla va molxona,tovuqxonalarni tez-tez tozalab turish;

https://t.me/sanepidqom_qarshitum