26-iyun Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan yigʻilish tashkil etildi.

Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi boshligʻi I. B.Mashtinov tomonidan majlislar zalida barcha ishchi xodimlar uchun 26-iyun Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan yigʻilish tashkil etildi.

Yigʻilish davomida Giyohvandlikka qarshi kurash, giyohvandlikning zararli oqibatlari,giyohvandlik kelajak kushandasi,umr zavoli ekanligi,giyohvandlik hayotni zaharlashi, giyohvandlikdan yiroq boʻlish,sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, jismoniy faollik,kun tartibiga rioya qilish,sogʻlom ovqatlanish, bilim olish va yorqin kelajak sari harakat qilish toʻgʻrisida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlar orasida giyohvandlik tarqalishini oldini olish,ularga befarq boʻlmaslik,yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlash, ularni kelajakka mas’uliyat bilan qarashga oʻrgatish haqida ta’kidlandi.

Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi Axborot xizmati

https://t.me/sanepidqom_qarshitum