12-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi majlislar zalida sanitariya minimumi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

‼️ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 122-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 28-fevral kuni 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi majlislar zalida sanitariya minimumi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
🧑‍⚕️ Tadbir davomida Sanepidqo‘mita Qarshi tuman bo‘limi mas’ul xodimlari maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlariga quyidagi yo‘nalishlarda batafsil tushuntirishlar olib borishdi:
-Sanitariya-gigiyena qoidalari;
-Yuqumli kasalliklarning oldini olish choralari;
-Shaxsiy gigiyena talablari;
-Dezinfeksiya tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etish usullari.

📘 Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilarning bilimlari mustahkamlanib, sanitariya talablari va epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum