🩺 Mutaxassis tavsiyasi: Yozda shamollamaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Issiq havoda ham shamollash mumkin. Buning oldini olish uchun quyidagi oddiy tavsiyalarga amal qiling:
✅ Konditsioner haroratini 22–25°C atrofida saqlang. Juda sovuq havo organizmga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
✅ Muzdek ichimliklarni me’yorida iste’mol qiling. Ayniqsa, terlab turgan paytda juda sovuq ichimlik ichish tavsiya etilmaydi.
✅ Terlagan kiyimni imkon qadar tez almashtiring.
✅ Yetarli miqdorda suv iching va vitaminlarga boy meva-sabzavotlarni iste’mol qiling.
✅ Qo’llarni tez-tez yuving va shaxsiy gigiyenaga rioya qiling.
✅ Agar tomoq og’rig’i, isitma yoki yo’tal kabi belgilar paydo bo’lsa, o’z-o’zini davolash o’rniga shifokorga murojaat qiling.
💙 Sog’lig’ingizni asrang! Kasallikni davolashdan ko’ra, uning oldini olish osonroq.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum