🛑Qoʻziqorinlardan zaharlanishdan qanday saqlanish mumkin? (Oltin qoidalar)

🛑Qoʻziqorinlardan zaharlanishdan qanday saqlanish mumkin? (Oltin qoidalar)

1.Nomaʼlum qoʻziqorinni termoqchi boʻlmang:
Agar uning yeyishli ekanligiga 100% ishonchingiz komil boʻlmasa, unga tegmang! 🚫

2. Yoʻl yoqasidan termang: Qoʻziqorinlar «guba» kabi atrofdagi barcha ogʻir metallar va radioaktiv moddalarni oʻziga singdiradi. Yoʻl chetida oʻsgan qoʻziqorinlar zaharli boʻladi. 🛣️💨

3. Bolalarga bermang:
7-10 yoshgacha boʻlgan bolalar organizmi qoʻziqorin tarkibidagi xitinni hazm qila olmaydi.👶❌

4. Faqat doʻkonlardan xarid qiling:
Koʻcha-koʻyda yoki yoʻl chetida qoʻlda sotiladigan qoʻziqorinlarni sotib olmang. Maxsus fermalarda yetishtirilgan (shampinyon, veshenka) qoʻziqorinlar eng xavfsizidir. ✅🛒

🆘 Zaharlanish belgilari:

Agar qoʻziqorin isteʼmolidan soʻng quyidagi belgilar kuzatilsa, darhol tez yordam chaqiring:
•Qorin sohasidagi qattiq ogʻriq🤕
•Koʻngil aynishi va toʻxtovsiz qusish🤮
•Kuchli chanqoq va holsizlik💧
•Gallyutsinatsiyalar (baʼzi turlarda) 🌀

https://t.me/sanepidqom_qarshitum