📍 HUDUDLARDA OʻTKAZILAYOTGAN SAYYOR QABULLAR DAVOM ETMOQDA….
Sanepidqo‘mita Qarshi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qiynayotgan muammo va murojaatlarni o‘rganish hamda ularning yechimiga ko‘maklashish maqsadida hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
🤝 Sayyor qabullar davomida fuqarolarning sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasiga oid murojaatlari tinglanib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.
✅ Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, murojaatlarga o‘z vaqtida munosabat bildirish va joylardagi muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sanepidqo‘mita Qarshi tuman bo‘limi xodimlari aholi salomatligini muhofaza qilish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyatini davom ettirmoqda…
https://t.me/sanepidqom_qarshitum