📌Vabo — o’tkir infeksion kasallik bo’lib, vabo vibrioni (Vibrio cholere) bakteriyalari tufayli rivojlanadi va odatda og’riqsiz va suvsimon ich ketishiga olib keladi. Ba’zi bemorlarda ich ketishi shunchalik jiddiy bo’ladiki, natijada o’g’ir suvsizlanish rivojlanadi va u hatto o’limga ham olib kelishi mumkin. Ko’p odamlar vabo vibrionini bakteriyalar bilan ifloslangan oziq-ovqat yoki suv iste’moli natijasida yuqtirib olishadi. Alomatlar yengil bo’lishi mumkin bo’lsa-da, ba’zi avval sog’lom bo’lgan odamlarda bakteriyani yutganlaridan so’ng 1-5 kun o’tib kuchli ich ketishini rivojlanadi. Vabo tez tibbiy yordam talab qiladi. Bemor hayotini saqlab qolishda gidratatsiya (og’ir hollarda vena ichiga) va antibiotiklar muhim o’rin tutadi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum