📌Shamollash – (OʼRVI — o’tkir respiratorli virusli infeksiya yoki O’RK — o’tkir respirator kasallik) — havo tomchilari orqali yuqadigan o’tkir respirator virusli infeksiyadir (o’tkir respirator kasallik). Ko’pincha shamollashni gripp bilan adashtiriladi, ammo undan farqli o’laroq, OʼRVI unchalik xavfli emas va inson salomatligiga juda ko’p zarar yetkazmaydi, gripp esa, agar to’g’ri davolanmasa, o’limga olib kelishi mumkin.
📌Kasallik sabablari
📌Asosan, o’tkir respirator kasalliklarning sabablari quyidagilardan iborat:
📌viruslar tanaga havo orqali kiradi, shuning uchun bemorning yonida bo’lish va u bilan aloqa qilish xavflidir;
📌tananing gipotermiyasi (sovqotish);
📌immunitetning pasayishi;
📌agar ona kasal bo’lsa, chaqaloqlarga OʼRVI (OʼRK) emizish paytida yuqishi mumkin.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum