📌Salmonellyoz — bu salmonella avlodiga mansub bakteriyalar tomonidan keltirib chiqariladigan, fekal-oral mexanizm bilan yuqadigan, asosan oshqozon-ichak traktining zararlanishi bilan kechadigan o’tkir yuqumli kasallik hisoblanadi.
📌Kasallikning kechish tabiati har bir holatda farq qilib, alomatlarsiz shikastlanishdan to toksik va degidratatsion shok darajasigacha boradi. Patogenlar organizmga asosan ifloslangan yoki noto’g’ri qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli natijasida kiradi.
📌Salmonellyoz KXT 2010 (kasalliklarning xalqaro tasnifi 2010-yil) bo’yicha — A02 kodiga ega.
📌Etiologiyasi
📌Kasallik Salmonella avlodiga mansub bakteriyalarning turli xil serotiplari tomonidan chaqiriladi. Infeksiya manbalari asosan uy hayvonlari va parrandalardir, ammo odam (bemor, tashuvchi) qo’shimcha manba sifatida ham ma’lum rol o’ynaydi. Yuqish mexanizmi — fekal-oral.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum