📌Qoʻziqorindan zaharlanish
📌Zaharlanish belgilari: Zaharli qo’ziqorinni bilmay istemol qilgan kishilar 6-12 soat vaqt o’tganidan so’ng ko’ngli aynib, tez-tez qayt qiladi. Oshqozon-ichak faoliyati buzilib, qorinda og’riq paydo bo’ladi va butun azoyi badani bo’shashib ketadi.
📌Organizmga zarari: qo’ziqorin tarkibidagi zaharli moddalar jigar, buyrak, meda osti bezi va markaziy asab tizimi azolarini qattiq shikastlaydi.
📌Birinchi tibbiy yordam: qo’ziqorindan zaharlanish alomatlari vujudga kelgan taqdirda bemorga 1-2 litr osh tuzi eritmali iliq suv ichirilib, sun’iy qayt qildiriladi, me’dasi yuviladi. Agar me’da yuvilib, undagi zaharli moddalardan xalos etilmasa, ular qonga so’riladi va zaharlanish yanada og’irlashadi. Bu bemorlarni uy sharoitida shifokorga murojaat qilmasdan, bilar-bilmas davolanish natijasida oqibatlarga olib kelishi mumkin.
📌Qoziqorindan zaharlanishning dastlabki belgilaridayoq zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum