📌Qizamiq

📌Qizamiq —tana haroratining koʻtarilishi, yuqori nafas yoʻllari, koʻz shilliq pardasi, ogʻiz boʻshligʻining yalligʻlanishi va terida qizil, yirik dogʻli toshmalar toshishi orqali belgi beradi.

📌Kasallik qoʻzgʻatuvchisi virus hisoblanib, bemor yoʻtalganda, aksirganda, gaplashganda tupugining mayda tomchilari havoga tushadi, keyin nafas yoʻllari orqali sogʻlom bola organizmiga oʻtadi.

📌Kasallikning yashirin davri 6-18 kun.

📌Belgilari:

— Bolaning darmoni qurib, injiq boʻlib qoladi;
— Ishtahasi yoʻqolib, tez-tez ichi ketadi.
— Katta yoshli bolalarda bosh ogʻrigʻi, qusish, burun qonashi, qorin ogʻrigʻi kuzatiladi.
— Toshma toshish davrida bemor qayta isitmalamaydi, tomogʻi qizaradi. 4-6 kunga kelib oʻziga xos qizil, yirik dogʻ toshmalar toshib bir necha soatda butun yuzga yoyiladi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum