📌Poliomiyelit kasalligi sabablari va uning xavfli tomonlari.
📌Poliomiyelit-o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, nerv sistemasining zararlanishi, burun-halqum va ichak shilliq pardalarining yallig‘lanishi bilan ta’riflanadi.
📌Poliomiyelit kasalligining sabablari.
📌Kasallik pikornoviruslar (Picornaviridae) oilasiga mansub virus bilan zararlanish natijasida yuzaga keladi. Virus havo-tomchi yo‘li bilan yoki yuvilmagan mahsulotlar va bemorning ajralmalari orqali yuqadi.
📌Xavf
📌Poliomiyelitni o‘z vaqtida davolamaslik quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin:
📌Tez-tez uchraydigan pnevmoniya va o‘pka atelektazi kabi nafas olish tizimining buzilishlari;
📌Oshqozon-ichak traktidagi muammolar, shu jumladan yara hosil bo‘lishi va qon ketishi;
📌Paralichlar va parezlar;
📌Mushaklar atrofiyasi;
📌Kontrakturalar.
📌Bolalarda poliomiyelit ko‘pincha jismoniy nuqsonlar va uzoq muddatli oqibatlarga olib keladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum