📌Oziq-ovqat xavfsizligi.
📌Oziq-ovqat xavfsizligi — bu har bir inson uchun sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashdir. Mamlakatimizda aholini oziq-ovqat xavfsizligi bilan ta’minlashga qaratilgan keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.
📌Davlat siyosati va qonunchilik:
📌O’zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada quyidagi qonun hujjatlari qabul qilingan va amalga oshirilmoqda:
✔️»Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to’g’risida»gi Qonun;
✔️»Veterinariya to’g’risida»gi Qonun;
✔️»O’simliklar karantini to’g’risida»gi Qonun;
✔️Oziq-ovqat xavfsizligi bo’yicha texnik reglamentlar.
❗️Ushbu qonun hujjatlari oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish jarayonlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qilishni tartibga soladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum