📌O’latning shakllari, belgilari va alomatlari
📌Kasallik uch shaklda rivojlanishi mumkin, belgilari va alomatlari shakliga qarab turlicha bo’ladi:
📌Bubonli o’lat
O’latning ushbu shaklida bakteriyalar limfa tugunlari ichiga kiradi, bu esa limfa tugunlarining kattalashishiga va og’rishiga sabab bo’ladi, bu holat «bubon» deya nom olgan. Shu bilan birgalikda alomatlar orasida isitma,varaja, bosh og’rig’i va zaiflik mavjud. Agar kasallik davolanmasa, infeksiya tananing boshqa joylariga tarqalishi mumkin.
📌Septik o’lat
O’latning bunday shakli qon oqimiga bakteriyalarning kirishi natijasidir. Bu o’z-o’zidan sodir bo’lishi yoki bubonik o’lat asorati sifatida rivojlanishi mumkin. Alomatlar orasida isitma, varaja, kuchsizlik, qorin og’rig’i va shok mavjud. Qon ketishi va to’qimalarning o’lishi (nekroz) kuzatilishi mumkin, ayniqsa qo’l va oyoq barmoqlarida. Bu o’lik to’qimalar qora bo’lib ko’rinishi mumkin, shuning uchun «Qora o’lat» nomini olgan.
📌O’pka o’lati
Kasallikning bu shaklida boshqa turdagi o’lat alomatlari ham kuzatilishi mumkin, ammo klinik tasvirda pnevmoniyaning o’ziga xos ko’rinishi mavjud bo’ladi. Bakteriyalar o’pkaga qon oqimi orqali tarqaladi yoki zararlangan havodan nafas olish orqali to’g’ridan-to’g’ri yuqadi. Bu to’g’ridan-to’g’ri yuqishi o’latning insondan insonga uzatilishi mumkin bo’lgan yagona shaklidir. Nafas yetishmovchiligi, ko’krak qafasidagi og’riqlar va suyuq yoki qonli yo’talish bilan birga kechadi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum