📌Leyshmanioz

📌Leyshmanioz-bu dunyoning 98 ta davlatida keng tarqalgan, endemik, tropik kasalliklardan biri bo‘lib taxminan 350 million odamning ushbu kasallik bilan kasallanish ehtimoli mavjud.

📌O‘zbekiston sharoitida visseral va teri-leyshmaniozi ko‘proq uchraydi.

📌Visseral leyshmanioz:
O‘zbekistonda visseral leyshmanioz kasalligi asosan Namangan, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarida qayd etiladi.

📌Kasallik manbai-it va itsimonlar (buri, chiyaburi, tulki) oilasiga kiruvchi hayvonlar hisoblanadi.

📌Visseral leyshmanioz o‘z vaqtida maxsus davo kursi o‘tkazilmaganda, yuz foiz o‘lim holati bilan yakun topishi mumkin bo‘lgan xavfli kasallik hisoblanadi.

📌Kasallik asosan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar, katta yoshdagilar orasida immuniteti past bo‘lgan odamlar ko‘proq chalinadi.

📌Kasallikning yashirin davri 10 kundan 3 oygacha, ayrim hollarda 1 yilgacha cho’zilishi mumkin. Kasallikning asosiy klinik belgilaridan biri jigar va taloqning kattalashishi hisoblanib, taxminan 10 foiz bemorlarda jigar sirrozi kuzatiladi.

📌Kasallikning oxirgi bosqichlarida tanada shishlar paydo bo‘lishi, ozib ketish (kaxeksiya) va giperpigmentatsiya (kala-azar «qora kasal») kuzatiladi.

📌Kasallikning ilk belgilari paydo bo‘lganda, darhol shifokorga murojaat qilish kerak, chunki kasallik asorati, uning to‘g‘ri va o‘z vaqtida o‘tkazilgan maxsus davo kursiga bog‘liq.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum