📌Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida
📌O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni 81-moddasiga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
📌Ushbu vazifa doirasida Agentlik vazirlik va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ularning birgalikda samarali faoliyat yuritishini tashkil etadi.
📌Agentlik korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha quyidagi vazifalarni bajaradi:
– korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha strategiya va davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshirilishini taʼminlaydi;
– korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
– mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni taʼminlaydi, shuningdek, korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini o‘rganadi;
– BMT korrupsiyaga qarshi konvensiyasi talablarining bajarilishini taʼminlaydi, shuningdek ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda mamlakatning imidjini mustahkamlash va uning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
– har yili O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy maʼruzani tayyorlaydi.
– Fuqarolik jamiyati institutlari, OAV va boshqa nodavlat sektor vakillarining korrupsiyaga qarshi jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdagi faoliyatiga ko‘maklashadi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum