📌Diareya

📌Diareya – bu oshqozon-ichak kasalliklarida eng ko‘p uchraydigan belgi hisoblanadi. Bir yoshdan katta bolalarda va kattalarda axlatning sutkasiga 3 martadan ko‘p kelishi va suyuq kelishi diareya kasalligi hisoblanadi.

📌Diareya kasalligida qorinda og‘riq va noxush his bilan birga kuzatilishi mumkin. Bir yoshgacha bo‘lgan ona suti bilan oziqlanadigan bolalarda odatda axlat kelishi necha mahal emizishga bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ularda axlat kelish muddati va axlat konsistensiyasi odatdagidan o‘zgarishiga qarab diareya deb xulosa qilinadi.

📌Shuni e’tiborga olish kerakki diareya bu – kasallik emas, balki kasallikning bir belgisidir. Qaysi kasallik sababli diareya kelib chiqqanligiga qarab ko‘ngil aynishi, qayt qilish, tana haroratini ko‘tarilishi kabi belgilar ham kuzatilishi mumkin.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum