📌Bezgak qanday kasallik?

📌Bezgak qanday kasallik?

📌Bezgak o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, anofeles — bezgak chivinlari chaqishi natijasida yuqadi. Bezgak parazitini tashuvchi chivinlar ko‘l, hovuz, qamishzorlar, zovurlar, suv omborlari, hamda sholi ekiladigan maydonlarda ko‘payadi.

📌Kasallik alomatlari:

📌Kasallikning kechishida 3ta davr kuzatiladi:

1. Et uvishish qaltirash davri. Bunda bemor sovuq qotadi, eti uvishadi, qattiq qaltiraydi. Qalin o‘ranib yotishga harakat qiladi. Bemorning boshi qattiq og‘riydi. Bu davr yarim soat davom etadi.
2. Isitma chiqish davri. Bemorning tana harorati 38-41C° gacha ko‘tariladi. Bolalarda tirishish (sudirgi) holati bo‘lishi mumkin.Bu davr o‘rtacha 3-6 soat davom etadi.
3. Terlash davri. Bemor qattiq terlaydi. Bu davrda bemorning isitmasi tushadi, ahvoli yengillashadi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum