📌»Atrof-muhitni asrash va ‘Yashil’ iqtisodiyot yilida ichimlik suvini oʻrganish boʻyicha olib borilayotgan ishlar.
📌2024-yil Oʻzbekistonda Atrof-muhitni asrash va ‘Yashil’ iqtisodiyot yili deb eʼlon qilinishi munosabati bilan mamlakatimizda ekologik monitoring va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ishlar yanada jadallashdi. Atmosfera havosi, ichimlik suvi va ochiq suv havzalarining holatini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
💦Ichimlik suvi sifatini nazorat qilish:
• Suv manbalarini monitoring qilish:
Ichimlik suvi manbalari (yer osti suvlari, daryolar, suv omborlari) muntazam ravishda tekshiruvdan oʻtkazilib, ularning ifloslanish darajasi aniqlanmoqda.
•Suv tozalash inshootlari:
Suv tozalash inshootlarining samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
•Markazlashgan suv taʼminoti:
Markazlashgan suv taʼminoti tizimlarida suvning sifati sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi doimiy nazorat qilinmoqda.
•Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash:
Qishloq joylarida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida yangi suv quvurlari qurilmoqda, mavjudlari taʼmirlanmoqda.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum