📌 Dezinfeksiya tadbirlari haqida

📌 Dezinfeksiya tadbirlari haqida

Dezinfeksiya — yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish maqsadida tashqi muhitdagi kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarni yoʻq qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasidir.

🔹 Profilaktik dezinfeksiya

Kasallik mavjud boʻlmagan joylarda muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Qoʻl yuvish, xonalarni shamollatish, nam tozalash va dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanishni oʻz ichiga oladi.

🔹 Joriy dezinfeksiya

Kasallik aniqlangan davrda oʻtkaziladi.
Bemor foydalangan buyumlar, idish-tovoqlar, kiyim-kechak va yuzalar muntazam dezinfeksiya qilinadi.

🔹 Yakuniy dezinfeksiya

Bemor sogʻaygandan, shifoxonaga yotqizilgandan yoki kasallik oʻchogʻi tugatilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Xona va undagi barcha buyumlar toʻliq dezinfeksiya qilinadi.

✅ Dezinfeksiya tadbirlariga rioya qilish aholi salomatligini saqlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish va sanitariya-gigiyena talablarini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum