💊 Biologik faol qo‘shimchalardan ehtiyot bo‘ling!

💊 Biologik faol qo‘shimchalardan ehtiyot bo‘ling!

So‘nggi paytlarda ozish maqsadida turli biologik faol qo‘shimchalar va “mo‘jizaviy” vositalarni mutaxassis tavsiyasisiz qabul qilish holatlari ko‘paymoqda. Ammo bu salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

⚠️ Noxush oqibatlar:

✅Yurak urishining tezlashishi, qon bosimining oshishi;
✅Oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi (ko‘ngil aynishi, ich ketishi);
✅Jigar va buyrak faoliyatiga zarar;
✅Gormonal muvozanatning buzilishi;
✅Asab tizimiga salbiy ta’sir (bezovtalik, uyqusizlik).

🚫 Nima uchun xavfli?

📌Ko‘plab ozdiruvchi qo‘shimchalarning tarkibi to‘liq o‘rganilmagan yoki yashirin kimyoviy moddalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ular boshqa dorilar bilan o‘zaro ta’sirga kirishib, organizmga kutilmagan zarar yetkazadi.

✅ To‘g‘ri yo‘l:

✅Ozish uchun avvalo shifokor yoki diyetologga murojaat qiling;
✅Muvozanatli ovqatlanish va jismoniy faollikka e’tibor bering;
✅Har qanday qo‘shimchani faqat mutaxassis tavsiyasi bilan qabul qiling.

💡 Eslatma:Sog‘lom vazn tashlash – bu tezkor emas, balki xavfsiz va bosqichma-bosqich jarayon!
📢 Salomatligingizni asrang!

https://t.me/sanepidqom_qarshitum