💉 Vaksina nima?

💉 Vaksina nima?

Vaksina — bu organizmga zaiflashtirilgan yoki o‘ldirilgan mikroblar (yoki ularning qismlari) kiritilib, immunitet hosil qilinadigan biologik preparat.

🛡️ Vaksinaning asosiy foydalari:

•Organizmda sun’iy immunitet hosil qiladi;
•Kasallikni yengil yoki umuman yuqmasdan o‘tkazishga yordam beradi;
•O‘limga olib keluvchi asoratlarning oldini oladi;
•Epidemiya va pandemiyalarni nazorat qilishga yordam beradi;

👶 Nega bolalar uchun muhim?

Bolalar immun tizimi hali to‘liq shakllanmagan bo‘ladi, shuning uchun:
•Qizamiq;
•Poliomiyelit;
•Difteriya;
•Gepatit B
kabi kasalliklar ularda og‘ir kechishi mumkin.

⚠️ Vaksina xavfsizmi?

Ha.Vaksinalar:
•Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tekshiriladi;
•Klinik sinovlardan o‘tadi;
•Faqat xavfsizligi tasdiqlangandan keyin qo‘llaniladi.

🤒 Emlashdan keyin nima bo‘lishi mumkin?

Ba’zan:
•Yengil isitma;
•Ukol qilingan joyda og‘riq yoki qizarish.
Bu — normal reaksiya va immunitet shakllanayotganini bildiradi.

🌍 Muhim eslatma:
Agar ko‘pchilik emlansa, jamoaviy immunitet hosil bo‘ladi va kasalliklar tarqalishi keskin kamayadi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum