🎥 Immunizatsiya masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
🎤 Qarshi shahrida birlamchi davolash-profilaktika muassasalarining immunizatsiya yo‘nalishida faoliyat yurituvchi tibbiyot xodimlari uchun ikki kunlik seminar tashkil etildi.
📊Seminarda qizamiq, qizilcha, meningit va VPChga qarshi emlash profilaktikasi, emlashdan keyingi nojo‘ya holatlarni o‘rganish, aholi orasida xavfsiz emlashni tashkil etish hamda shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini oshirish masalalari muhokama qilindi.
📌Tadbirning asosiy maqsadi — tibbiyot xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, boshqariluvchi yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Kanalga obuna bo‘lish 👇
📱https://t.me/sanepidqashvil
🌐 Telegram