🎗️OIV/OITS
OIV/OITS – bugungi kunda ham global sogʻliqni saqlashning muhim muammolaridan biri boʻlib qolmoqda.
🤔 OITS va OIV nima?
•OIV (Odam Immunitet Tanqisligi Viruslari):
Bu virus insonning immunitet tizimini, xususan, infeksiyalarga qarshi kurashuvchi CD4 hujayralarini shikastlaydi. Virus asta-sekin immunitet tizimini zaiflashtiradi.
•OITS (Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi):
Bu OIV infeksiyasining oxirgi bosqichi boʻlib, immunitet tizimi shu qadar zaiflashadiki, organizm hatto oddiy infeksiyalar va baʼzi saraton turlariga ham qarshilik koʻrsata olmaydi. OIV bilan yashovchi har bir inson OITS bilan kasallangan degani emas. Davolash orqali OIV bilan yashovchilar OITS bosqichiga yetmasdan uzoq va sogʻlom hayot kechirishi mumkin.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum