🍰Shirinlik iste’mol qilish organizm uchun nimaga kerak?
🍰Miya faoliyatini qo‘zg‘atadi:
Miya faoliyatiga faol ta’sir ko‘rsatadigan mahsulotlar orasida shirinliklar yetakchi o‘rinni egallaydi. Birinchi navbatda, achchiq shokolad mustahkam o‘rin olgan.
🍰Kayfiyatni ko‘taradi:
Shirinliklar tanamizga ko‘p miqdorda serotonin ishlab chiqarishga yordam beradi,shuningdek, zavqlanish yoki hatto eyforiyani keltirib chiqaradigan endorfinlar darajasini oshiradi. Bundan tashqari, shokolad energiya berishga ham mas’ul. Shakar 99,9 foiz uglevodlardan iborat bo‘lib, u ideal energiya manbai hisoblanadi.
🍰Shamollash bilan kurashishda yordam beradi:
Agar siz kechqurun limonli choyning o‘zini ichishni emas, balki uni shokolad bilan iste’mol qilishni yaxshi ko‘rsangiz, qishda kasalliklarni unutishingiz mumkin
🍰Yoshlikni uzaytiradi:
Olimlar isbotlaganidek, vaqti-vaqti bilan shirinliklar iste’mol qiladigan odam shokolad va boshqa shirinliklarni yaxshi ko‘rmaydiganlarga qaraganda sekin qariydi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum