🍦»Yo’l yoqasida sotilayotgan muzqaymoqlar»
📌Yoʻl yoqasida sotilayotgan muzqaymoqlarning inson salomatligi uchun xavf omillari:
1.Sanitariya holati:
🚦Yo’l yoqasida sotilayotgan muzqaymoqlar ko’pincha sanitariya talablariga javob bermaydigan sharoitlarda tayyorlanadi va sotiladi. Chang, axlat va hasharotlar muzqaymoqning sifati va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
2.Saqlash sharoitlari:
🍦Muzqaymoqlar ma’lum haroratda saqlanishi kerak. Yo’l yoqasida sotilayotgan muzqaymoqlarning harorat rejimi buzilishi oqibatida ular tarkibidagi bakteriyalar tez ko’payishi mumkin.
3.Suv sifati:
💧Muzqaymoq tayyorlashda ishlatiladigan suvning sifati muhim ahamiyatga ega. Yo’l yoqasida sotilayotgan muzqaymoqlarda toza ichimlik suvi ishlatilmasligi mumkin.
4. Xodimlar gigiyenasi:
🙌🏻Muzqaymoq sotuvchilarining shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmasligi (qo’llarni yuvmaslik, maxsus kiyim kiyilmaslik) kasallik qo’zg’atuvchi mikroblarning tarqalishiga sabab bo’lishi mumkin.
5. Yaroqlilik muddati:
🍦Muzqaymoqlarning yaroqlilik muddati o’tgan bo’lishi yoki noto’g’ri saqlash natijasida sifati buzilgan bo’lishi mumkin.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum