🍓Qulupnay isteʼmoli haqida!
🍓Qulupnay — nafaqat mazali meva, balki sog’liq uchun ham koni foyda! Qizil rangli bu kichik mevani bahor va yoz fasllarida hamma ham sevib iste’mol qiladi. Qulupnay nafaqat shirinligi, balki tarkibidagi vitaminlar va minerallar bilan ham ajralib turadi.
🍓Qulupnayning foydalari:
🍓Vitamin C manbai:
Qulupnay vitamin C ga juda boy. Bu vitamin immunitetni mustahkamlaydi, teri sog’lig’ini yaxshilaydi va antioksidant xususiyatlarga ega.
🍓Antioksidantlar:
Qulupnay tarkibida antioksidantlar ko’p bo’lib, ular organizmni erkin radikallardan himoya qiladi va qarish jarayonini sekinlashtiradi.
🍓Yurak salomatligi:
Qulupnay yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishga yordam beradi. U qon bosimini normallashtiradi va xolesterin darajasini pasaytiradi.
🍓Qandli diabet:
Qulupnay qondagi qand miqdorini nazorat qilishga yordam beradi va qandli diabetga chalinganlar uchun ham foydali.
🍓Ko’z salomatligi:
Qulupnay tarkibidagi antioksidantlar ko’zning ko’rish qobiliyatini yaxshilaydi va katarakta xavfini kamaytiradi.
🍓Yallig’lanishga qarshi xususiyatlar:
Qulupnay yallig’lanishga qarshi xususiyatlarga ega va artrit kabi kasalliklar bilan kurashishga yordam beradi.
🍓Hazm qilish tizimi:
Qulupnay tarkibidagi tolalar hazm qilish tizimini yaxshilaydi va ich qotishining oldini oladi.
🍓Qulupnayni tanlash va saqlash:
🍓Tanlash:
Qizil, to’liq pishgan va shikastlanmagan qulupnayni tanlang.
🍓Saqlash:
Qulupnayni salqin joyda, zich yopilgan idishda saqlang.
🍓Qulupnayni iste’mol qilishdan oldin yuvish tavsiya etiladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum