#salomatlik
🍌Barchamiz sevib isteʼmol qiladigan banan mevasining inson salomatligiga taʼsiri.
🍌Banan-nafaqat mazali va to’yimli, balki sog’lig’imiz uchun ham juda ko’p foydali xususiyatlarga ega.
🍌Agar banan olma bilan taqqoslansa, bananda A vitamini temirdan besh barobar ko‘p, shuningdek, fosfor ham uch barobar ortiq. Bundan tashqari, kaliy, kletchatka, tabiiy shakar, C vitamini mavjud.
🍌Bananning inson salomatligiga taʼsiri quyidagilar:
1.Quvvat manbai:
💪Banan uglevodlarga boy meva bo’lib, organizmga tez va uzoq muddatli energiya beradi. Shuning uchun u sportchilar va jismoniy faoliyat bilan shug’ullanadigan odamlar uchun ajoyib tanlovdir.
2.Yurak salomatligi uchun foydali:
❤️Banan tarkibida kaliy mavjud bo’lib, u qon bosimini normallashtirishga yordam beradi. Kaliy organizmdagi natriy miqdorini muvozanatda saqlaydi, bu esa yurak kasalliklari va insult xavfini kamaytiradi.
3.Hazm qilishni yaxshilaydi:
🍌Banan tarkibida tolalar mavjud bo’lib, hazm qilish tizimini yaxshilashga yordam beradi. Tolalar ich qotishining oldini oladi va ichaklardagi foydali bakteriyalarning ko’payishiga yordam beradi.
4. Kayfiyatni ko’taradi:
😊Banan tarkibida triptofan aminokislotasi mavjud bo’lib, u serotonin gormonining ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Serotonin — kayfiyatni ko’taruvchi va stressni kamaytiruvchi gormon.
5. Anemiyaga qarshi kurashadi:
🩸Banan tarkibida temir moddasi mavjud bo’lib, u qon yaratilishida ishtirok etadi va kamqonlikning oldini oladi.
6. Mushak kramplarini kamaytiradi:
🍌Banan tarkibidagi kaliy va magniy mushak kramplarining oldini olishga yordam beradi. Shuning uchun sport mashg’ulotlaridan keyin banan iste’mol qilish tavsiya etiladi.
7. Buyrak salomatligini qo’llab-quvvatlaydi:
🍌Kaliyni yetarli miqdorda iste’mol qilish buyrak toshlarining paydo bo’lish xavfini kamaytiradi.
8. Ko’rish qobiliyatini yaxshilaydi:
👀Banan tarkibida A vitamini mavjud bo’lib, u ko’rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi.
9. Terini parvarishlaydi:
🍌Banan tarkibida antioksidantlar va vitaminlar mavjud bo’lib, terining yoshligini saqlashga yordam beradi. Banandan tayyorlangan niqoblar terini namlantiradi va yallig’lanishni kamaytiradi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum