🌞 Issiq yoz faslida diareya kasalligidan saqlaning!

🌞 Issiq yoz faslida diareya kasalligidan saqlaning!

Yoz fasli issiq ob-havo, sayohatlar va ko‘plab yangi meva-sabzavotlar bilan yoqimli bo‘lsa-da, aynan shu davrda ichak infeksiyalari va diareya (ich ketishi) kasalliklari ko‘payadi. Buning asosiy sababi — oziq-ovqat va suvning tez buzilishi hamda gigiyena qoidalariga yetarlicha rioya qilinmasligidir.

❗️ Diareya nima?

Diareya — bu kuniga 3 martadan ortiq suyuq yoki yarim suyuq najas kelishi bilan namoyon bo‘ladigan holat. U ko‘pincha viruslar, bakteriyalar yoki ifloslangan ovqat va suv orqali yuqadi.

☀️ Yozda nima uchun diareya ko‘payadi?

Issiq havoda:
Ovqat tez buziladi;
Bakteriyalar tez ko‘payadi;
Muzlatgichdan tashqarida saqlangan taom xavfli bo‘ladi;
Yuvilmagan meva-sabzavot iste’moli ortadi;
Ko‘cha ovqatlari ko‘proq iste’mol qilinadi.

Diareyaning asosiy belgilari

Tez-tez ich ketishi
Qorin og‘rig‘i va dam bo‘lish
Ko‘ngil aynishi yoki qusish
Isitma
Holsizlik va suvsizlanish
.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum