❗️Unutmang! Biologik faol qoʻshimchalar (BFQ) dori vositasi emas.
Biologik faol qoʻshimchalar organizmni qoʻllab-quvvatlash va ayrim vitamin hamda minerallarni toʻldirish uchun moʻljallangan. Ular kasallikni davolash, oldini olish yoki dori vositasining oʻrnini bosish uchun emas.
✅ BFQni qabul qilishdan oldin mutaxassis tavsiyasini oling.
✅ Shifokor buyurgan davolashni BFQ bilan almashtirmang.
✅ Mahsulotni faqat tavsiya etilgan meʼyorda isteʼmol qiling.
Sogʻligʻingizga masʼuliyat bilan yondashing! Toʻgʻri tashxis va samarali davolash uchun shifokorga murojaat qiling.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum