❗️Pedikulyoz kasalligi va uning profilaktikasi.
Pedikulyoz (bitlash) — bu sochlarni bitlar bilan zararlanishi natijasida kelib chiqadigan parazitar kasallik.
❗️Pedikulyoz qanday yuqadi?
Bitlar odamdan odamga, asosan, yaqin aloqa orqali yuqadi. Bunga quyidagilar kiradi:
• Sochdan sochga tegishish;
• Bosh kiyimlar, taroqlar, sochiqlar va boshqa shaxsiy gigiyena vositalaridan birgalikda foydalanish;
• Yostiqlar, choyshablar va b. orqali yuqadi.
❗️Pedikulyozning profilaktikasi:
• Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling: Shaxsiy bosh kiyimlar, taroqlar, sochiqlar va boshqa shaxsiy gigiyena vositalaridan faqat o’zingiz foydalaning.
• Sochingizni muntazam tekshirib turing: Ayniqsa, bolalarda sochlarni muntazam tekshirib turish muhim.
• Sochni to’plab yurish: Uzun sochlarni to’plab yurish bitlarning tarqalishini kamaytiradi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum