❗️OITS kasalligi va uning belgilari.
❗️OITS (Ortirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi) – OIV (Odam Immunitet Tanqisligi Virusi) qo’zg’atadigan, immunitet tizimini zaiflashtiradigan va organizmni turli infeksiyalar va saraton kasalliklariga qarshi kurashish qobiliyatini yo’qotadigan kasallikdir. OITS – OIV infektsiyasining eng so’nggi bosqichi bo’lib, OIV organizmga kirgandan keyin bir necha yil o’tgach rivojlanishi mumkin.
❗️OITSning belgilari:
❗️OIV infektsiyasining dastlabki bosqichlarida hech qanday belgilar bo’lmasligi mumkin. Ba’zi odamlarda grippga o’xshash belgilar (isitma, charchoq, mushak og’rig’i, limfa tugunlarining kattalashishi) paydo bo’lishi mumkin.
❗️OITS rivojlangach, quyidagi belgilar paydo bo’lishi mumkin:
🔸Charchoq;
🔸Limfa tugunlarining kattalashishi;
🔸Isitma;
🔸Tungi terlash;
🔸Vazn yo’qotish;
🔸Terida toshmalar;
🔸Og’izda yoki jinsiy a’zolarda oq dog’lar;
🔸Surunkali ich ketishi;
🔸Pnevmoniya;
🔸Saraton kasalliklari.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum